Muzdan tushirish, Uzoq vaqt foydalanilmaslikka qarshi qarov – Инструкция по эксплуатации Samsung WW90J6410CW
Страница 211
O'zbek 43
Qarov
Muzdan tushirish
Harorati 0 °C dan pastga tushsa, kir yuvish mashinasi muzlashi mumkin.
1. Kir yuvish mashinasini o‘chiring va vilkani rozetkadan chiqaring.
2. Shlangni bo‘shatish uchun kran ustidan iliq suv quying.
3. Suv shlangini uzing va uni iliq suvga botiring.
4. Barabanga iliq suv quying va uni 10 daqiqa davomida qoldiring.
5. Suv shlangini kranga qayta ulang.
IZOH
Agar shunda ham kir yuvish mashinasi yaxshi ishlamasa, u yaxshi ishlagunicha yuqoridagi qadamlarni takrorlang.
Uzoq vaqt foydalanilmaslikka qarshi qarov
Kir yuvish mashinasidan uzoq vaqt foydalanmasdan qoldirmang. Agar shunday qilishga to‘g‘ri kelsa, kir yuvish mashinasini
quriting va vilkani rozetkadan chiqaring.
1. Sikl tanlagich ni burab, ПОЛОСКАНИЕ+ОТЖИМ (CHAYISH+SIQISH) ni tanlang.
2. Barabanni bo‘shatib, Boshlash/To‘xtatish tugmasini bosing.
3. Sikl tugallangach, kranni yoping va suv shlangini uzing.
4. Kir yuvish mashinasini o‘chiring va vilkani rozetkadan chiqaring.
5. Baraban ichida havo aylanishi uchun eshikni oching.
WW6000J-03580U-00_UZ.indd 43
6/22/2016 7:42:28 PM