Sikl tanlovchisidan foydalanish – Инструкция по эксплуатации Samsung WF60F4E4W2W

Страница 164

Advertising
background image

O’zbek - 24

Sikl tanlovchisidan foydalanish

Rejim

Foydalanish

Хлопок (Paxta)

O’rtacha yoki yengil kirlangan paxtali buyumlar, choyshablar, dasturxonlar, ichki kiyimlar, ko’ylaklar kabilar
uchun.
Choyshablar yoki yostiq jildlari uchun tavsiya qilingan siqish tezligi 800 ayl./daq. (2 kg yoki undan kamroq
yuklanish uchun).

Синтетика (Sintetika)

Polister (diolen, trevira), poliamid (perlon, neylon) yoki shunga o’xshash boshqa aralashmalardan qilingan
o’rtacha yoki yengil kirlangan bluzkalar, ko’ylaklar va boshqalar uchun.

Джинсы (Jinsi)

Yuqoriroq suv darajasiga ega bo’lgan yuvish sikli va kir yuvish vositalarining kiyimlaringizda iz
qoldirmasligini kafolatlovchi qo’shimcha chayish sikli.

Удаление пятен (Dog’ni
ketkazish)

Dog’li kiyimlar uchun. ˜°˛ ˝˙ˆˇ˙ ˘ ят˙ˆ (D og’ni ketkazish) rejimi dog’larni dastlabki qayta ishlashga ehtiyoj
qoldirmagan holda dog’larni ketkazish bo’yicha yuqori samara bilan ta’minlaydi. Dog’larni ketkazish
bo’yicha eng yaxshi natijaga erishish uchun biz bu rejimda issiq harorat opsiyasidan foydalanishni
tavsiya qilamiz, bunda keng ko’lamdagi dog’larni butunlay ketkazish uchun yuvish harorati ichki isitgich
yordamida orttiriladi.
Ushbu sikl yuvilayotgan buyumlardan dog’larni samarali ketkazish uchun ho’llantirish harakatlarini o’z
ichiga oladi. Ho’llantirish harakatlarini bajarishda baraban ma’lum vaqt aylanishdan to’xtaydi va ushbu
to’xtash noto’g’ri ishlash hisoblanmaydi.

Темные вещи (Qora
rangdagi kiyimlar)

Qo’shimcha chayish sikllari va qisqartirilgan siqish sikli qora rangdagi kiyimlarning ehtiyotlik bilan yuvilishi
va yaxshilab chayilishini kafolatlaydi.

Ежедневная (Kundalik
yuvish)

Ichki kiyimlar va ko’ylaklar singari har kuni kiyiladigan buyumlar uchun.

Очистка барабана Eco
(Eco barabanini tozalash)

Barabanni tozalash uchun. U barabanni kirlar va bakteriyalardan tozalaydi. Muntazam foydalanish (har 40
ta yuvishdan keyin) tavsiya qilinadi. Kir yuvish vositalari yoki oqartiruvchilar talab qilinmaydi.

Интенсивная стирка Eco
(Super Eco Yuvish)

Past haroratli Интенсивная стирк˛ Eco (Super Eco Yuvish) sikli quvvatlarni samarali tarzda tejashga imkon
bergan holda ajoyib kir yuvish natijalariga erishishni kafolatlaydi.

Верхняя одежда (Ochiq
qarov)

Alpinistlar, chang’ichilarning kiyimlari va sport kiyimlari kabi suv o’tkazmaydigan buyumlar uchun.
Ushbu matolar funksional texnologiya natijalari va spandeks, strech va mikrotolalar kabi to’lalarni o’z ichiga
oladi.

Детские вещи (Bolalar
buyumlarini yuvish)

Yuqori haroratdagi yuvish va qo’shimcha chayish sikllari bolalarning terisiga shikast yetkazishi mumkin
bo’lgan hech qanday qoldiqlarning qolmasligini kafolatlaydi.

Шерсть (Jundan qilingan
buyumlar)

Faqat mashinada yuvish mumkin bo’lgan jundan qilingan buyumlar uchun. Yuklanish 2,0 kgdan kam
bo’lishi kerak. (6 kgli sinfdagi model: 1,5 kg)
Шерсть (Jundan qilingan buyumlar) rejimi kirlarni yengil tebratish harakatlari yordamida yuvadi.
Yuvish paytida jundan qilingan buyumlarni qisqarish/yirtilishdan himoyalash va super nozik tozalikka
erishish uchun yengil tebratish va ho’llantirish harakatlari davom ettiriladi. Ho’llantirish vaqtida kir yuvish
mashinasining yuvish harakatlarining to’xtatishi/boshlashi noto’g’ri ishlash hisoblanmaydi.
Yuvish natijalarini va jun tolalariga qarovni yaxshilash uchun Jundan qilingan buyumlar siklida mo’tadil kir
yuvish vositasidan foydalanish tavsiya qilinadi.

Ручная стирка (Qo’lda
yuvish)

Qo’lda yuvish singari juda yengil yuvish sikli.

Отжим (Siqish)

Ko’proq suvni chiqarib tashlash uchun qo’shimcha siqish siklini bajaradi.

Полоскание+Отжим
(Chayish+Siqish)

Faqat chayilishi kerak bo’lgan yuklanish yoki chayishda qo’shiladigan mato yumshatgichini qo’shish uchun.

Untitled-6 24

2014-01-10 �� 12:55:08

Advertising
Эта инструкция подходит к следующим моделям: